Andijon hokimining o‘rinbosari 50 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Andijon viloyati hokimining to‘rt oy avval tayinlangan o‘rinbosari Isomiddin Ismanov o‘z uyida 50 ming AQSH dollari miqdorida pora olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 4 aprel kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirida Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari fuqaro S.R.T. dan kimyoviy ishlov berilgan 50 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini Andijon shahar “Dalvarzin” MFY, Farovon ko‘chasidagi o‘zining yashash uyida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan 5 aprel kuni Ismanovga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ismanov o‘tgan yilning 9 dekabrda o‘z lavozimiga tayinlangan, ya’ni ishga o‘tganiga hali 4 oy ham bo‘lmagan.

Ma’lumot uchun, Isomiddin Ismanov 1981 yilda Andijon tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurtini tamomlagan. U 2022–2025 yillarda Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, 2025 yil may oyidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti, tezkor vaziyatni tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab, 2025 yil dekabr oyida kadrlarning amaldagi zaxirasiga o‘tkazilib, Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi 1500 AQSH dollari pora olayotganda qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing