Andijon hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
01 avgust 2022
14242Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Dilshadbek Abdumalikovich Karimov tayinlandi. Bu haqda hokimlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Dilshadbek Karimov Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2001 yil Qo‘rg‘ontepa tumani xalq ta’limi bo‘limi o‘quv uslubiyot xonasi kompyuter-operatori vazifasidan boshlagan.
2002 – 2021 yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani “Bunyodkor” kichik korxonasi hisobchisi, Qo‘rg‘ontepa tuman iqtisodiyot bo‘limi 2-toifali mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo‘limi boshlig‘i, Qo‘rg‘ontepa tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qo‘rg‘ontepa tumani hokimining birinchi o‘rinbosari-Qorasuv shahar hokimi, Iqtisodiyot vazirligi hududlarni rivojlantirish dasturlarni monitoring qilish bo‘limi bosh mutaxassisi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Dilshodbek Karimov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Hududlarni kompleks rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi