Abdurahmonovdan navbatdagi xurmacha qaror: hamma badantarbiyaga chiqsin (foto)
Jamiyat
−
24 avgust 2023
13975Endi Andijon viloyati Markaziy bank xodimlari har kuni ertalab badantarbiya bilan shug‘ullanadi. Bu haqda viloyat Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Unda aytilishicha, kecha, 23 avgust kuni Markaziy bank Andijon viloyat Bosh boshqarmasidagi xodimlar viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning topshirig‘iga asosan ertalabki sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazgan. Bundan asosiy maqsad xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish bo‘lgan.
Shuningdek, xabarda ushbu mashg‘ulot har kuni o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan.
LiveBarchasi