Pandemiya davrida maktablarga kirib chiqish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda pandemiya sharoitida o‘quvchilarning maktablarga kirib-chiqish tartibi ishlab chiqildi. Bu haqda xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimov ma’lum qildi.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchilarni ta’lim muassasalariga karantin qoidalariga rioya qilgan holda kirib chiqish tartibi belgilangan. Unga ko‘ra, o‘quvchilarning smenasiga qarab dars jarayonlariga kirib chiqishi yo‘lga qo‘yiladi. 

Binodagi o‘quvchilar harakati va doimiy ravishda tibbiy niqoblarda bo‘lishi esa fan o‘qituvchilari tomonidan nazorat qilinadi.

Maktablarga kirib chiqish qoidalari bilan Sergeli tumanidagi 330-maktab hamda Bekobod tumanidagi 40-maktab misolida batafsil tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 sentyabrdan boshlab respublikadagi 329 ta umumta’lim maktablarida an’anaviy ta’lim darslari boshlandi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

maktab Pandemiya

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing