Anchelotti va Vinisiusga taklif bilan chiqqan Saudiya klubi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va klubning yulduzi Vinisius Juniorga kosmik taklif bilan chiqdi. Bu haqda “Sports Zone” X sahifasi ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Al-Hilol” Jorje Jezus bilan xayrlashmoqchi va har qanday holatda ham Anchelottini o‘z safiga olib kelmoqchi, chunki Saudiya klubi rahbariyati bu qadami bilan yozgi transfer oynasida klubning asosiy maqsadi bo‘lgan Vinisiusning ehtimoliy transferiga ta’sir o‘tkaza olishiga ishonmoqda.

Qayd etilishicha, Ar-Riyod klubi allaqachon 24 yoshli braziliyalik futbolchining atrofidagilar bilan bog‘langan. Saudiyaliklar uning uchun transfer qiymati, maosh va bonuslar bilan birga 800 million yevro to‘lashga tayyor. Biroq hozircha braziliyalik futbolchi Madrid grandi bilan shartnomasini uzaytirish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Anchelotti Braziliya terma jamoasi taklifini rad etgani va Saudiya klublari takliflarini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Karlo Anchelotti Vinisius Junior Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing