Yozda “Real”dan ketadigan Anchelotti Braziliya termasini boshqarmaydigan bo‘ldi
Sport
−
30 aprel 2025 2664 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya futbol konfederasiyasi (CBF) vakili hamrohligida Londonda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shartnoma imzolash va “pentakampeonlar”ni boshqarish taklifini qabul qilishdan bosh tortdi. Bu haqda Ispaniyaning “Marca” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassis CBF prezidenti Ednaldo Rodriges bilan bog‘lanib, ko‘rsatilgan qiziqish uchun o‘z minnatdorligini bildirgan. Hozirda murabbiy Saudiya Arabistonining nomi oshkor etilmagan klubidan jiddiy taklifni ko‘rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, Anchelotti klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida “qaymoqranglilar”ni boshqaradi va faqat ushbu turnirdan so‘ng “Real”ni tark etib, boshqa jamoani boshqaradi.
Shuningdek, Karlo Anchelotti “Real”dan tovon puli sifatida 4 million yevro so‘ragani ko‘rsatilgan, biroq klub bu taklifni rad etgan. Italiyalik mutaxassis “qirollik klubi” bilan bir yillik shartnomadan voz kechishi kutilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025