Anchelotti “Kastilya” a’zosini asosiy jamoaga qo‘shmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Daniel Karvaxalning jarohati tufayli jamoadagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun “Kastilya”ning yosh iqtidori David Ximenesni sotib olish niyatida. Bu haqda AS xabar berdi.

Klub qishki transfer oynasida yangi o‘ng qanot himoyachisini sotib olmaslikni tanlagan holda, Anchelotti akademiyaning turli variantlarini, jumladan, Xesus Fortea va David Ximenes nomzodini o‘rganmoqda, biroq Forteaning jarohati va hali juda yosh ekanligi jarayonni murakkablashtiradi.

20 yoshli Ximenesning asosiy jamoaga o‘tishi esa ajablanarli holat emas. Karvaxal jarohat bilan kurashayotganida, Ximenes “Alaves”ga qarshi o‘yinga chaqiruv olgandi. Garchi yosh futbolchi kattalar jamoasida doimiy o‘ynamasa ham, Anchelotti Ximenesni keyinchalik doimiy ravishda “Real Madrid” asosiy jamoasiga qo‘shish niyatida. Biroq, bu qaror “Kastilya”ni qiyin ahvolda qoldirishi mumkin, chunki hozirda “Real Madrid”ning zaxira jamoasi hisoblanmish “Kastilya” o‘z ligasida 18-o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, “Real” Ispaniya chempionatining ortda qolgan 10 ta turidan so‘ng 24 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. 1-o‘rindagi “Barselona” hisobida esa 27 ochko mavjud. Madridliklar La Ligadagi keyingi o‘yinini aynan “Barselona”ga qarshi 26 oktyabr kuni o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Karlo Anchelotti Daniel' Karvaxal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing