Qozog‘iston koronavirusga qarshi maxsus choralarni ishga tushiryapti

Olam

image
Mashhur aktyor Tom Xenks va rafiqasi koronavirusga chalindi north_east

Mashhur aktyor Tom Xenks va rafiqasi koronavirusga chalindi

Ertaga, 13 martdan Qozog‘istonda koronavirusga qarshi maxsus choralarni amalga oshirish boshlanadi. Mamlakatda ommaviy tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ma’lum qildi.

“JSST koronavirus pandemiyasini e’lon qildi. Hukumat maxsus choralarni amalga oshirishga kirishdi. Ommaviy tadbirlar bekor qilinadi. Fuqarolarni oziq-ovqat va birinchi darajali tovarlar bilan ta’minlashda uzilishlar bo‘lmaydi. Kichik va o‘rta biznesning zarar ko‘rishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, degan To‘qayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifsida.

“Nur.kz”ning xabar berishicha, maktablarda ta’til 16 mart kuni boshlanib, 5 aprelgacha davom etishi belgilangan. Shu bilan birga, mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalari ham onlayn-ta’lim tizimiga o‘tadi.

Ma’lumot uchun, hozircha Markaziy Osiyo davlatlarining hech birida koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlanmadi.

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi choralarni kuchaytirish haqida qo‘shimcha topshiriqlar bergani haqida xabar bergan edik.

12 mart holatiga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlar dunyo bo‘ylab 126 300 kishini tashkil etmoqda. Ushbu virusdan vafot etganlar esa 4633 nafarga yetdi. 68 285 kishi esa xastalikdan forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston koronavirus

Baholaganlar

130

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing