3396! Toshkentda aholi orasida 7 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
28 may 2020
124302020 yil 28 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3396 (+27) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan. Shuningdek, Toshkent shahrida 7 nafar aholi orasida, Samarqand viloyatida 1 nafar aholi orasida, Toshkent viloyatida esa 1 nafar aholi orasida, 2 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Ayni paytda mamlakatda 2668 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 714 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, 3 nafari esa og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi