Virus qaytdimi? Uxanda koronavirsga qarshi ommaviy tekshiruv boshlandi

Olam

image

Xitoyning Uxan shahri ma’murlari aholini koronavirusga qarshi ommaviy tekshiruvdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, testdan o‘tkazish ishlari 10 kundan ortiq davom etadi.

Agentlik xabariga ko‘ra, shaharning barcha ma’muriy tumanlari rahbarlari test sinovlarini tashkil etish rejasini ishlab chiqishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Uxanda koronavirus bilan kasallangan yangi bemorlar oylik karantin bekor qilingandan bir necha kun o‘tgach aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Uxan sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu xabarga izoh berishni istamagan.

Ayni kunlarda Xitoyda 115 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda. Ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir, deb hisoblanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Xitoyda

Baholaganlar

326

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing