Donald Tramp harbiy amaldorlar bilan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi
Olam
−
08 yanvar 2020
13534Avvalroq, Eron AQSHning Iroqdagi ikki harbiy bazasiga havodan raketa zarbasi bergani xabar qilingandi.
Hodisa yuz berganidan ko‘p o‘tmay Eron AQSHni hujumga javob qartarmaslik haqida ogohlantirdi. Amerika harbiy bazasidan hujum uyushtirilgudek bo‘lsa, javob yanada dahshatli bo‘lishi ta’kidlandi. Shuningdek, bu general Qosim Sulaymoniy halok bo‘lgan havo hujumi uchun javob ekani qo‘shimcha qilingan.
Donald Tramp 7 yanvar, seshanba kuni (AQSHda 8 yanvar endi boshlanadi) Eronning AQSH harbiy bazasiga hujumdan keyingi ilk bayonotida “hammasi joyida” ekanini ma’lum qildi. U chorshanba kuni vaziyat bo‘yicha batafsilroq bayonot berishini ta’kidladi.
“Hammasi yaxshi! Iroqdagi ikkita harbiy bazaga raketalar Erondan uchirilgan. Hozir talafotlar aniqlanyapti. Hozircha hammasi joyida!”, deb yozgan Tramp Twitter sahifasida.
“Men ertalab bayonot beraman”, deb qo‘shimcha qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, raketa zarbasidan keyin AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyda Mudofaa vaziri Mark Esper, Davlat kotibi Maykl Pompeo va Birlashgan shtab boshliqlari raisi Mark Milli ishtirokida tezkor yig‘ilish o‘tkazgan.
LiveBarchasi