Ana xolos! Shomurodov “Yuventus”ga o‘tishi mumkin

Sport

image

Italiyaning “Jenoa” klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov “A Seriya”ning amaldagi chempioni “Yuventus” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda “TuttoSport” nashri xabar bermoqda.

Italiya nashriga ko‘ra, “Jenoa” klubi forvardi Eldor Shomurodov “Yuventus” qiziqishlari doirasiga tushgan. Turin klubi yozgi transfer oynasida o‘zbekistonlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Yuventus” jamoa safida ijara asosida to‘p surayotgan Alvaro Moratani yozda “Atletiko”ga qaytaradi. Klub ispaniyalik Morataning o‘rniga o‘zbekistonlik 25 yoshli forvardni taklif etmoqchi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Eldor Italiya A Seriyada 2ta gol urdi va 1ta golga assistentlik qilgan. Jamoasining oxirgi o‘yinida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shomurodov

Baholaganlar

1636

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing