Ana xolos! Melaniya ajrashish haqida o‘ylay boshladi

Olam

image
“Donald – jangchi”. Melanya Tramp ilk bor erini qo‘llab-quvvatladi north_east

“Donald – jangchi”. Melanya Tramp ilk bor erini qo‘llab-quvvatladi

Melaniya Tramp turmush o‘rtog‘ini maqtovlar bilan siyladi north_east

Melaniya Tramp turmush o‘rtog‘ini maqtovlar bilan siyladi

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning turmush o‘rtog‘i, Melaniya uning vakolat muddati tugashi bilan ajrashishga ariza bermoqchi. Bu haqda “Daily Mail” xabar tarqatdi.

“Melaniya U lavozimini tark etishigacha bo‘lgan soniyalarni sanayapti, keyin u ajrashishi mumkin bo‘ladi”, degan nashr Prezidentning sobiq yordamchisi Omarov Manigolt-Nyumanga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Birinchi xonim noxush oqibatlarga uchrashi mumkinligi sababli juftlik hamon birga.

“Agar Melaniya Tramp hokimiyatdaligida haddan tashqari ko‘p kamsitishlarga chidab undan ajrashganida u (Donald) xotinini jazolash yo‘lini topgan bo‘lardi”, deydi Manigolt-Nyuman.

Birinchi xonimning sobiq yordamchisi Stefan Volkoffga ko‘ra, Trampning Melaniya bilan nikohi kelishuvdek bo‘lgan. Er-xotin boshqa-boshqa xonalarda uxlagan.

Volkoffning ta’kidlashicha, Birinchi xonim Nyu-Yorkdan Vashingtonga Trampning inauguratsiyasidan 5 oy o‘tib ko‘chib kelgan. Bu orada er-xotin nikoh shartnomasi ustida muzokara o‘tkazgan. Bu kelishuv Prezidentning o‘g‘li Berron merosdagi ulushini olishi uchun kerak bo‘lgan.

Melaniya Tramp bir necha marta eri bilan munosabatlari ajoyib ekanini aytgan. Advokat Kristina Prevaytning taxminiga ko‘ra, nikoh shartnomasiga ko‘ra, unga Trampni tanqid qilish taqiqlangan. Shunday shartnomani Tramp o‘zining ikkinchi xotini Marla Meyplz bilan ham tuzgan. Unga sobiq turmush o‘rtog‘i haqida kitob yozish yoki intervyuda u haqda yomon fikr bildirish taqiqlangan.

Trampning 4 yillik Prezidentligi davrida jurnalistlar juftlikning munosabatlari sovuqlashganiga bir necha bor e’tibor qaratgandi. Shunday holatdan birida Tramp Melaniyani yomg‘ir ostida qoldirib o‘zi soyabon bilan ketib qolgan. Tadbirlardan birida Tramp rafiqasining qo‘lidan ushlashga uringanida u bunga imkon bermagani ham tasvirga tushib qolgandi. 2018 yil fevralda “Playboy” jurnali modeli Karen Makdugal Tramp u bilan xotiniga xiyonat qilganini aytgan.

Ma’lumot uchun, Donald va Melaniya Tramp 2005 yil yanvarda turmush qurgan. Oradan 1 yil o‘tib ularning farzandi Berron dunyoga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 noyabr kuni AQSH prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovda amaldagi davlat rahbari Demokratlar partiyasi vakili, sobiq vitse-prezident Jo Badenga imkoniyatni boy berdi. Ammo hozircha o‘zi buni tan olmayapti. Bayden esa allaqachon Trampning bekor qilinadigan qarorlari ro‘yxatini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Melaniya Tramp

Baholaganlar

1959

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing