“Donald – jangchi”. Melanya Tramp ilk bor erini qo‘llab-quvvatladi
Olam
−
28 Oktabr 2020
9617AQSHning birinchi xonimi Melanya Tramp turmush o‘rtog‘i Donald Trampning saylovoldi tashviqoti boshlanganidan beri birinchi marta uni qo‘llab-quvvatlab, "U jangchi", dedi va yana to‘rt yil Oq uyda qoldirilishi kerakligini ta’kidladi.
"Donald – jangchi, u bu mamlakatni yaxshi ko‘radi va u siz uchun har kuni kurashadi", dedi AQSH Prezidentining rafiqasi Pensilvaniya shtatida o‘tgan mitingda.
U o‘z nutqini koronavirusga chalinganida ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorlik izhor etish bilan boshladi. "Biz Amerika ushbu kutilmagan muammoni yengib chiqishini bilamiz", Melanya Tramp.
Biroq turmush o‘rtog‘ining xizmatlarini sanab o‘tayotganda, tomoshabinlardan kimdir: "buning ustiga u yoqimtoy”, deb baqirganida, u jilmayib qo‘ydi va hech qanday ishora qilmasdan: "Qo‘shilaman", dedi. Tadbir uchun yashil rangli harbiy uslubdagi ko‘ylakni tanlagan Melaniya, shuningdek, eri "jinsi va irqidan qat’i nazar Donald odamlarga yordam berishni yaxshi ko‘rishini", aytdi.
Melanya Trampning nutqi uning amaldagi Prezidentni qayta saylanishini qo‘llab-quvvatlovchi mitinglarda birinchi va hozirgacha yagona yakka ishtiroki bo‘ldi. Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, amaldagi Prezidentning saylovoldi poygasida uning rafiqasining yo‘qligi misli ko‘rilmagan holat edi. Chunki odatda Prezidentlarning rafiqalari ochko va ovoz yig‘ishda faol ishtirok etadi. Bu omma oldida gapirishni yoqtirmaydigan Melanya Trampning shaxsiy xususiyatlari bilan ham, koronavirus pandemiyasi bilan ham izohlandi.
LiveBarchasi