Ana xolos! Farg‘onada tomorqasida 55 ming tup ko‘knori ekkan erkak ushlandi (video)
3-sahifa
−
01 may 15160 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatida tomorqasida 55 ming tupdan ortiq ko‘knori va 40 tupdan ortiq nasha o‘simliklarini parvarish qilayotgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 28 aprel kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Dang‘ara tumanida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir doirasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda shu tumanda yashovchi fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan va uning tomorqasida 55 ming tupdan ortiq ko‘knori hamda 40 tupdan ortiq nasha o‘simliklarini parvarish qilayotgani aniqlangan. Shuningdek, uning molxonasida yana 600 grammdan ortiq quritilgan nasha giyohvand moddasi saqlayotgani ham ma’lum bo‘lgan.
“Yashash uyimda, shu tomorqamda nasha va ko‘p miqdordagi ko‘knori o‘simliklarini o‘stirib kelayotganimni aniqlashdi. Men qilgan ishimdan pushaymonman. Prezidentimdan, xalqimdan kechirim so‘rayman”, deydi fuqaro.
Bildirilishicha, aniqlangan holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida 51 yoshli D.S.ning yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilganda hovlisining 2 metr kvadrat maydonida 45 tup kannabisni parvarishlab kelayotgani aniqlangandi.
Live
Barchasi