An-26 halokatining 4 taxminiy sababi ochiqlandi
Olam
−
26 Sentabr 2020
8157Ukrainaning Xarkov viloyatida An-26 harbiy samolyoti halokatga uchrashining 4 ta taxmini sabablari ochiqlandi.
Ukraina Davlat tergov byurosi:
• samolyot qismlarining texnik nosozligi;
• ekipaj tomonidan o‘z vazifalarni noto‘g‘ri bajarish;
• samolyotni boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaslik;
• samolyotga noto‘g‘ri texnik xizmat ko‘rsatish va uni parvozga tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning xizmat vazifalarini noto‘g‘ri bajarishi taxminlarini ilgari surmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 sentyabr kuni Ukrainaning Xarkov viloyati Chuguyeva shahrida An-26 harbiy samolyoti halokatga uchradi. Oqibatda 26 kishi qurbon bo‘ldi. Mamlakat rahbari Vladimir Zelenskiy 26 sentyabrni “Motam kuni” deb e’lon qildi.
LiveBarchasi