Amudaryo qisman muzladi (video)

Jamiyat

image

O‘rta Osiyo hududidagi eng yirik daryolardan biri Amudaryoning Qoraqalpog‘istondan o‘tgan qismi muzlaganligi kuzatildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Gidrometeorologiya boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, daryo yuzasidagi “muzlash” holati Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanidan o‘tuvchi “Qiziljar” gidrologik posti hududida aniqlangan.

Ta’kidlash joiz, qishda daryoning yuqori oqimida asosan qirg‘oqqa yaqin joylari muzlaydi va qisqa muddat muz oqadi. Qish qattiq kelgan yillari esa 10–15 kun davomida daryo yoppasiga muzlaydi. Bunday mavsumda daryoning Nukus shahridan quyida oqib o‘tgan qismi deyarli to‘rt oy davomida butunlay muzlaydi. Erta bahorda, ayniqsa, o‘zan keskin burilgan va tor joylarida muz tiqilib, suv sathi yuqori darajada ko‘tariladi va ba’zan toshqinga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Amudaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing