Amorim MYUdan qancha miqdorda tovon puli olishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi lavozimini tark etgan Ruben Amorim mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingani uchun 10,05 million funt sterling miqdorida tovon puli oladi. Bu haqda “talkSPORT” nashri xabar berdi.

Portugaliyalik mutaxassis “qizil iblislar” safida 2024 yil noyabridan buyon ishlab kelgan va 2026 yil yanvar oyida jamoani tark etgan. Uning shartnomasi keyingi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan edi. Kelishuv shartlariga ko‘ra, Amorimga 10,05 million funt sterling to‘lanadi.

2024 yil noyabr oyida “Manchester Yunayted” Amorimni jamoaga olib kelish uchun uning avvalgi klubi “Sporting”ga 9,6 million funt sterling miqdorida kompensatsiya to‘lagan edi. Shartnomaga binoan, murabbiyning yillik maoshi 6,7 million funt sterlingni tashkil etgan.

Manbaga ko‘ra, Amorim “Manchester Yunayted”dagi faoliyati davomida 7,8 million funt sterling ishlab topgan. Shuningdek, uning boshqaruvi ostida klub transferlar uchun taxminan 250 million funt sterling sarflagan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda “Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 31 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 yanvar kuni “Manchester Yunayted” rahbariyati Ruben Amorimni asosiy jamoa bosh murabbiyi lavozimidan ozod etishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Yunayted” tovon puli Ruben Amorim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing