Amorim MYUda yangi antirekord o‘rnatdi

Sport

image

“Kristal Pelas”dan uchralgan mag‘lubiyat “Manchester Yunayted” uchun Ruben Amorim qo‘l ostida Angliya chempionatining uy uchrashuvlardagi beshinchisi bo‘ldi. Bu jamoaning portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida APL doirasida “Old Trafford”dagi yettinchi o‘yinida yuz berdi va klub tarixidagi eng yomon natija qayd etildi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.

Devid Moyes boshchiligidagi “Man Yunayted” Angliya Premer ligasidagi beshinchi mag‘lubiyatini 14 uchrashuvda qabul qilgan, Erik ten Xag 28, Lui van Gal 30, Ole-Gunnar Sulsher 31, Aleks Fergyuson 88 ta uy o‘yinidagina 5 marta mag‘lubiyatga uchragan .

Joze Mourino va Ralf Rangnik boshchiligidagi “Manchester Yunayted” Angliya Premer ligasining beshta uy uchrashuvida mag‘lub bo‘lmagan.

O‘tkazilgan 24 ta o‘yindan so‘ng “Manchester Yunayted” 29 ochko bilan APL turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda. 56 ochko bilan hamon chempionatda “Liverpul” karvonboshilik qilmoqda. “Arsenal”, “Forest”, “Manchester Siti” va “Nyukasl” kuchli beshlikka yakun yasab bergan.

Ma’lumot uchun, MYU keyingi o‘yinini 8 fevral kuni Angliya kubogi 4-raundi doirasida o‘z uyida “Lester Siti”ga qarshi o‘tkazadi. “Qizil iblislar”ning APLdagi navbatdagi o‘yini esa safarda “Tottenxem”ga qarshi 16 fevral kuni bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Kristal Pelas Ruben Amorim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing