Amorim MYU bosh murabbiyi etib tayinlandi
Sport
−
30 Oktabr 2024 3866 1 daqiqa
Portugaliyalik futbol mutaxassisi Ruben Amorim Angliyaning “Manchester Yunayted” klubining yangi bosh murabbiyi bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, “qizil iblislar” Lissabonning “Sporting” klubiga 39 yoshli murabbiy uchun 10 million yevro miqdorida tovon puli to‘lashga rozi bo‘lgan.
Ruben Amorim 2020 yilning mart oyidan buyon Portugaliyaning “Sporting” klubini boshqarib kelayotgandi va shu vaqt ichida u 2 ta chempionlik, 2 ta Liga kubogi va 1 ta Superkubokni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
“Manchester Yunayted”ning avvalgi bosh murabbiyi niderlandiyalik Erik ten Xag bo‘lib, u 2024 yilning 28 oktyabrida iste’foga chiqarildi. Uning qo‘l ostida jamoa 2 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.
Bu mavsumda jamoa Premer-Ligada 9 uchrashuvdan keyin 11 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda. Oxirgi uchrashuvda mankunianliklar “Vest Xem”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025