Ammanda AIBA forumi tashkil etildi

Sport

image

Shu kunlarda Iordaniya poytaxti Amman shahrida Osiyo/Okeaniya bokschilari uchun Tokio Olimpiadasiga litsenziya taqdim etuvchi musobaqa o‘tkazilmoqda. 

Ushbu musobaqa doirasida 6 mart kuni mintaqaviy forum tashkil etildi. Unda Osiyo boks konfederatsiyasiga a’zo federatsiyalar mutasaddilari ishtirok etdi. 

Forumda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov hamda boks federatsiyasi mutasaddilari qatnashdi. 

Forum davomida AIBAning vaqtincha prezidenti Doktor Muhammad Mustazan o‘z fikrlarini bildirar ekan, AIBA mustaqil tashkilot ekanligi, federatsiyalar birgalikda katta kuchligini ta’kidlab o‘tdi. Forumda AIBAda marketing yo‘nalishi bo‘yicha taqdimot tashkil etildi, turli masalalar yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston AIBA Boks Olimpiada

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing