“Amirsoy”ga olib boruvchi o‘pirilgan yo‘l ekspertizadan o‘tmagani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
30 may 2021
6975Joriy yilning mart oyi oxirida Toshkent viloyatida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘li hududida ko‘chki yuz bergani habar qilingandi. Ko‘chki natijasida yo‘l yaroqsiz holga kelib qolgandi.
Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida avtomobil yo‘llarining sifatsizligi muammosi ko‘tarilib, kurortga olib boruvchi yo‘l loyihasi ekspertizadan o‘tkazilmagani aytib o‘tildi.
Yalpi majlisda avtomobil yo‘li qurilishi sohasiga oid barcha funksiyalarning bitta tashkilot – Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida jamlanishi yo‘llarning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.
Qayd etilishicha, “Amirsoy” tog‘ kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqilib, kamchiliklar mavjudligi sababli me’yoriy hujjatlar talablariga to‘liq moslashtirib, qaytadan ekspertizadan o‘tkazish lozimligi to‘g‘risida xulosa berilgan.
Shundan so‘ng yana ikki marotaba Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Toshkent viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasiga “Amirsoy” tog‘ kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini qayta ekspertizadan o‘tkazmasdan turib, qurilish ishlarini olib borish mumkin emasligi to‘g‘risida xatlar yuborilgan bo‘lishiga qaramasdan, “Toshkent viloyati mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi tomonidan yo‘l qurilishi davom ettirilib, yakuniga yetkazilgan.
Oqibatda joriy yil mart oyida aynan mazkur yo‘lda ko‘chki sodir bo‘lib, avtomobil yo‘liga jiddiy zarar yetkazilgan.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr