Amerikaliklar uyda qolishga qarshi mitingga chiqdi
Olam
−
20 aprel 2020
6160Vashingtonda 2 500 ga yaqin odam koronavirus sababli joriy etilgan cheklovlarga, jumladan, uyga qolish tartibiga qarshi Kapitoliyda norozilik namoyishiga chiqdi. Bu haqda “Seattle Times” gazetasi yozmoqda.
Gazetaning ma’lum qilishicha, cheklovlar may oyining to‘rtinchi kuniga qadar amal qiladi, ammo muddat uzaytirilishi mumkin. Ayni kunlarda shtatda 12 mingdan kamroq odam koronavirusga chalingani qayd etilgan.
Mitingni qonun chiqaruvchilari respublikachilar uyushtirdi. Respublikachilar partiyasi a’zosi Robert Sazerlend, agar hukumat namoyishga qarshi chiqsa, yig‘ilganlarni “isyon ko‘tarishga” chaqirdi.
Gazetaning yozishicha, miting shtat gubernatori Jey Inzlining buyrug‘i va tibbiyot mutaxassislarining ko‘rsatmalariga zid ravishda o‘tkazilmoqda. Xususan, namoyishchilar 50 va undan ortiq kishi bo‘lib to‘planishgan, masofani saqlashmagan va hatto tibbiy niqobsiz bo‘lishgan. Gubernator mitingga qarshi chiqqan.
LiveBarchasi