Amerikaliklar Moskvani jilovlamoqchi – ekspert
Olam
−
31 yanvar
15600Vashington Moskva tomonidan kuchayib borayotgan tahdidga javoban Buyuk Britaniyada yadro qurolini joylashtiryapti. Bu haqda “Seznam Zpravy” nashri xabar berdi.
Xavfsizlik bo‘yicha ekspert Lukash Visingroning fikricha, Ukraina taslim bo‘lgan taqdirda, Rossiya nishonidagi keyingi davlat Polsha bo‘lishi mumkin. Shu bois ham, AQSH Moskvadan kelayotgan tahdid tufayli Yevropaning boshqa davlatida yadro qurolini joylashtiradi.
Pentagonga ko‘ra, Buyuk Britaniya o‘z arsenalini Xirosimaga tashlangan bombadan uch barobar kuchliroq bo‘lgan kallaklar bilan kengaytirishi kerak.
“Amalda u shunday ishlaydi: mezbon davlatlarning harbiy-havo kuchlari qurol-yarog‘ bilan ishlay oladi, ammo qurollar Amerikaning mulki bo‘lib qoladi va faqat urush yoki inqiroz yuz bergan taqdirdagina bu yadroviy bombalar mezbon mamlakatlarga topshiriladi”, deydi Lukash Visingro.
Britaniya Mudofaa vazirligi bu borada izoh berishdan bosh tortdi, biroq yadro qurolining mamlakatga joylashtirilishi haqida anchadan beri gapirib kelinmoqda.
London Sovuq urush davridan beri o‘z hududida Amerika yadro qurolini saqlab kelardi, ammo 2008 yilda Qo‘shma Shtatlar raketalarini qaytarib oldi. Rasmiylar Moskvaning Yevropaga tahdidi kamaydi degan xulosaga kelishdi. Biroq, so‘nggi haftalarda AQSH, Buyuk Britaniya hamda NATOning yuqori doiralarida Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqiriqlar paydo bo‘lyapti.
Ulkanbayeva Rayxona
LiveBarchasi