Amerikaliklar BMTga hukumat ustidan shikoyat qildi
Olam
−
10 iyun 2020
5166AQSHda namoyishchilar olomoni Nyu-Yorkdagi BMT qarorgohi oldida to‘planishdi. Ular tashkilotning barcha a’zolaridan AQSHning qora tanlilarga qarshi harakatlarini hisob-kitob qilishni talab qilmoqda.
Namoyishchilar dunyoning har bir mamlakati qora tanlilarga nisbatan davlat siyosatini va Amerika politsiyasining irqiy yondashuvini tanqid qilishdi. Ular BMT tomonidan AQSH hukumatini aniq qadamlar qo‘yishga majbur qiladigan rezolyutsiya qabul qilinishi kerakligini aytishmoqda.
Ayrim namoyishchilar politsiyani tugatishga va mablag‘larni ijtimoiy ehtiyojlarga yo‘naltirishga chaqirmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, politsiya xodimlari "odamlarni g‘azablantirmoqda".
Avvalroq, BMTning Afrika millatiga mansub odamlarning huquqlari bo‘yicha ekspertlar guruhi qora tanli amerikalik Jorj Floydning o‘limi munosabati bilan AQSH rasmiylariga xat yo‘llagan edi. Odatda, tashkilotning maxsus hisobotchisi o‘zlarida paydo bo‘lgan muammoni tushuntirishlari va tergov haqida hisobot berishlari uchun hukumatlarga maktub yuboradi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining va boshqa mamlakatlarning o‘nlab shaharlarida bir necha kundan beri Minneapolisda afroamerikalik Jorj Floydning politsiya tomonidan o‘ldirilishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Ba’zi hollarda noroziliklar tartibsizliklar, politsiya bilan to‘qnashuvlar, talonchilik va bosqinchilik bilan yakunlanmoqda
LiveBarchasi