Amerikalik tadbirkor itiga 5 mln dollar meros qoldirdi 

Olam

image

Amerikalik ishbilarmon erkak Bill Dorris o‘limidan oldin border-kolli zotiga mansub Lulu ismli itiga katta miqdordagi pul qoldirdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Tennessi shtatining Neshvill shahrida istiqomat qilgan tadbirkor sevimli uy hayvoniga 5 million dollar atrofida mablag‘ qoldirgan. 

Vasiyatnomaga ko‘ra, pul Lulu nomidagi trastga o‘tkazilishi kerak. 

Ta’kidlanishicha, 8 yoshli itga marhumning ayol do‘sti Marta Berton g‘amxo‘rlik qiladi. 

Dorris avvallari shahardan ketgan paytlarida ham itini do‘stiga tashlab ketgan. 

Marta Berton Luluni parvarish qilgani uchun oylik ish haqi olish huquqiga ham ega. 

Bertonning aytishicha, Dorrisning rafiqasi va farzandlari bo‘lmagan, u faqat itini juda yaxshi ko‘rgan. 

Ayol vasiyat qilingan barcha mablag‘ni it bilan birgalikda sarflashga vaqti bo‘lishiga shubha qilmoqda, lekin u "buni uddalaymiz", deb  hazillashgan.


Maqola muallifi

Teglar

it Amerika meros

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing