Amerikalik siyosatchi Rossiya va Ukraina urushiga yechim taklif qildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi a’zosi  Pol Gosar har bir siyosiy nizoni tinch yo‘l bilan hal qilish mumkinligini aytdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Joriy yilning oktyabr oyida Kongressmen Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida muzokara o‘tkazishni taklif qilgan va u xuddi shu mazmundagi xat bilan chiqqan. Pol muzokaralar manzili sifatida Feniks shahrini (Arizona shtati) taklif qilgan. U Feniksning urush bo‘layotgan hududlardan uzoqligi va “urushga turtki beruvchi” tashkilotlardan xoli ekanligi sababli muzokaralar samarali o‘tishiga ishonmoqda. 

Gosarga ko‘ra, Birlashgan Millatlar Tashkiloti yangi jahon urushining oldini olish uchun yaratilgan. Ammo tashkilot “g‘oyat jim”.

“Xat va so‘rovdan maqsad har ikki davlatda [Rossiya va Ukraina – tahr] ko‘proq hayot va mol-mulk yo‘qotilishining oldini olishdir. Deyarli har bir siyosiy nizoni urushga bormasdan hal qilish mumkin. BMT yangi jahon urushi boshlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yaratilgan. Ammo tashkilot “g‘oyat jim”, degan kongressmen RIA Novosti agentligining savollariga javoban.

Shuningdek, Pol  Putin bilan Zelenskiy o‘rtasida muzokara o‘tkazish borasidagi taklifiga javob olinmaganini aytdi. Bundan tashqari, Kongressmen Rossiya va Ukraina yetakchilari nomiga e’lon qilingan maktubi urushga barham berish uchun to‘liq reja emasligini ham tan olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Vladimir Zelenskiy Pol Gosar

Baholaganlar

486

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing