Amerikalik mashhur aktyor vannasidan o‘lik holda topildi
Olam
−
29 Oktabr 2023
19945Amerikalik mashhur aktyor Mettyu Perri uyidagi issiq vannadan o‘lik holda topildi. Bu haqda “Los Angeles Times” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 28 oktyabr kuni aktyor Mettyu Perri Los-Anjelesdagi uyidan o‘lik holda topilgan. 54 yoshli aktyor ikki soatlik piklbol o‘yinidan so‘ng uyiga qaytgan va ko‘p o‘tmay yordamchisini topshiriq bilan yuborgan. Yordamchi qaytib kelganida esa Perri vannada hushsiz yotgan bo‘lgan.
“O‘lim sababi yurak xuruji oqibatida cho‘kish bo‘lishi mumkin”, deb yozadi TMZ.
Aktyor bunga qadar alkogol va giyohvandlikdan aziyat chekkan va bir necha bor reabilitatsiya kurslarida ham qatnashgan. Biroq uning jasadi topilgan joydan hech qanday spirtli ichimlik yoki narkotik moddalar aniqlanmagan. O‘limning aniq sababi esa hali ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, Mettyu Perri bolaligidan filmlarda rol o‘ynay boshlagan. U 1994 yilda efirga uzatilgan “Do‘stlar” serialidagi Chandler obrazi bilan mashhur hisoblanadi. Mettyu shuningdek, “Fools rush in”, “Uch kishilik tango”, “Ron Klark hikoyasi”, “To‘qqiz yard”, “Dadam yana 17 yoshda” va boshqa filmlarda o‘ynagan.
LiveBarchasi