Amerikalik ayol 2,5 mln dollarlik uyini mushuklariga meros qildi

Bu qiziq

image

Amerikaning Florida shtati Tampa shahrida istiqomat qilgan marhuma Nensi Sauyer 2,5 mln AQSH dollarilik uyini yettita mushugiga meros qilib qoldirgani ma’lum bo‘ldi. U O‘tgan yilning noyabr oyida 84 yoshida vafot etgan. Bu haqda “New York post” nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, marhuma vasiyatnomasida qimmatbaho uyi uning Kleopatra, Oltin panja (Goldfinger), Leo, Midnight, Napaleon, Qorli koptokcha (Snowball) hamda Squeaky (chiyillagan) laqabli mushuklariga qolishi kerakligini vasiyat qilib ketgan. Marhumaning yaqin dugonasi Yana Albanning so‘zlariga ko‘ra, u mushuklarini juda yaxshi ko‘rgan. Shuning uchun ham mushuklar vafot etmagunicha uy sotilmasligiga kelishilgan.

Nensi Sauyer mushukchalarga umr bo‘yi xarajatlarini qoplash uchun ham alohida merosni vasiyat qilgan. Ammo bu meros miqdori hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.

“U qoldirgan meros mushuklarning ovqati, tibbiy va parvarish to‘lovlarini qoplash uchun yetarli. Mushuklar hali yosh. Ular endigina 5 yoshda. Bu turdagi mushuklar qimmat va ayyor bo‘ladi”, deydi Tampa shahrining Insonparvarlik jamiyati ijrochi direktori Sherry Silk.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, mushuklar olti oy davomida uyda yolg‘iz qolib ketgan. Mahalliy okrug sudyasi ularni yaxshiroq g‘amxo‘rlik qiluvchi joyga ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

“Mushuklar katta uyda yolg‘iz qolmasligi kerak. Biz imkon qadar ular bilan ko‘proq birga bo‘lishimiz va eng yaxshi joyga ularni joylashtirishimiz kerak", deydi Silk.


Maqola muallifi

Teglar

meros mushuklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing