Amerikadagi o‘zbekistonliklar taqdiridagi xavfli manzara
Tahlil
−
16 dekabr 6070 2 daqiqa
So‘nggi yillarda AQSHda o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq ketma-ket zo‘ravonlik va o‘lim bilan yakunlangan hodisalar qayd etilmoqda. Bir holatda ayol sobiq eri tomonidan o‘ldirilgan, boshqasida erkak politsiya tomonidan otib tashlangan, yana birida esa 15 yoshli bola ko‘cha otishmasining tasodifiy qurboniga aylangan. 2025 yil 13 dekabr kuni esa yosh o‘smir nufuzli universitet kampusida snayper o‘qidan halok bo‘ldi.
Bu hodisalar alohida voqealar emas, balki AQSHdagi qurolli zo‘ravonlik muhiti muhojirlar, jumladan Markaziy Osiyodan kelganlar uchun qanchalik xavfli ekanini ko‘rsatuvchi ketma-ket fojialardir. So‘nggi uch yil ichida kamida besh nafar o‘zbekistonlik zo‘ravonlik qurboniga aylangan. Har bir holat ortida parchalangan oilalar va yetim qolgan bolalar bor.
2023 yil iyul oyida Bruklinda 15 yoshli Faridun Mavlonov ko‘cha otishmasida tasodifan o‘ldirildi. U jinoyat nishoni bo‘lmagan. Mazkur hodisa AQSHda qurol qo‘llash yoshlar orasida keng tarqalganini va “tasodifiy qurbonlar” soni yuqori ekanini ko‘rsatdi.
2024 yil mart oyida Pensilvaniya shtatida 43 yoshli Durdona Sultonova sobiq eri tomonidan otib o‘ldirildi. Erkak jinoyatdan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan. Shu oyda Nyu-Yorkda Jamshid Ne’matov turmush o‘rtog‘iga pichoq bilan hujum qilgan, u politsiya tomonidan otib tashlangan. Keyinchalik erkakda ruhiy muammolar bo‘lgani aniqlangan.
2025 yil dekabr oyida Rod-Aylend shtatidagi Braun universitetida sodir bo‘lgan otishmada 18 yoshli Muhammadaziz Umurzokov halok bo‘ldi. Hodisa qurolli zo‘ravonlik xavfi nafaqat ko‘chalarda, balki oliy ta’lim muassasalarida ham mavjud ekanini ko‘rsatdi.
2023–2025 yillarda sodir bo‘lgan ushbu holatlar ijtimoiy va oilaviy inqirozlar hamda ruhiy muammolar zo‘ravonlik bilan yakunlanayotganini ko‘rsatmoqda.
Live
Barchasi