Amerikadagi saylov natijalari tobora oydinlashmoqda

Olam

image

Demokrat Mark Kelli Arizona shtatidan senator etib qayta saylanganidan keyin Demokratik partiya Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressining Yuqori palatasini nazorat qilish uchun yana bitta o‘ringa ega bo‘lishi kerak, xolos. Bu haqda o‘z prognozlariga tayanib, “Fox News” nashri yozmoqda.

Hozircha Respublikachilar partiyasi ham, Demokratlar partiyasi ham Senatda 49 tadan o‘ringa ega. Nevada yoki Jorjiya shtatidagi g‘alaba Prezident Jo Baydenning partiyasi a’zolariga Yuqori palata ustidan nazoratni kafolatlaydi, chunki a’zolar teng bo‘lganda (50-50) vitse-prezident Kamola Xarrisning ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu esa Demokratlar Kongressning Yuqori palatasini nazorat qilishini anglatadi.

Joriy yilning 8 noyabr kuni AQSH Kongressiga Oraliq saylovlar bo‘lib o‘tdi. Yakuniy natijalar hali to‘liq ma’lum bo‘lgani yo‘q. Ammo Vakillar palatasida respublikachilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Palata spikerining saylanishi o‘rinlar bo‘linishiga bog‘liq. Shunga ko‘ra, mag‘lub bo‘lgan fraksiya rahbari ozchilik yetakchisi lavozimini egallaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden Amerika Qo'shma Shtatlari

Baholaganlar

414

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing