Amerikada yana bir qora tanli o‘ldirildi (video)

Olam

AQSHda yana bir qora tanli o‘ldirildi. Ushbu hodisa tasvirlangan video internet orqali e’lon qilindi.

Video orqali ko‘rish mumkinki, ikki nafar politsiya xodimi bir nafar qora tanlini hibsga olishga harakat qiladi. Ammo qora tanli fuqaro politsiya xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatadi.

“Tutqinlik”dan ozod bo‘lgan qora tanli qochishga uringanida, politsiya xodimlari eletroshokerdan foydalandi. Ammo bu foyda bermaydi. Qora tanli qochishda davom etadi. Shunda politsiya xodimlari o‘qotar quroldan foydalandi.

Voqea Qo‘shma Shtatlarning qaysi hududida bo‘lgani va politsiya nima maqsadda qora tanli fuqaroni hibsga olishga uringani ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Minneapolis politsiyasi afroamerikalik Jorj Floydni hibsga oldi. Qo‘lga olish paytida politsiyachi erkakning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turadi. Floyd “men bo‘g‘ilyapman”, deb bir necha marta aytgan. Ammo huquq-tartibot idoralari xodimlari bunga e’tibor bermagan. Oqibatda, erkak reanimatsiyada vafot etgan. Bu AQSHda ommaviy norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

941

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing