“Amerika sehrli diyor”. AQSH elchixonasi viza bo‘yicha cheklovni uzaytirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston fuqarolariga koronavirus pandemiyasi sabab talabalar, almashuv, biznes va sayyohlik uchun vizalar berishga o‘rnatilgan vaqtincha cheklov muddati uzaytirildi. Bu haqda O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi ma’lum qildi.

“Toshkentdagi AQSH elchixonasi COVID-19 pandemiyasi tufayli odatiy viza amaliyotlarini tiklay olmayapti. Ayni vaqtda biz resurs va xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqib cheklangan uchrashuvlarni taklif qila olamiz. Hozirgi vaziyatni inobatga olib, elchixona/konsulxona immigratsion bo‘lmagan vizalarni cheklangan darajada ko‘rib chiqa oladi. Shundan kelib chiqib, biz immigratsion bo‘lmagan vizalar, jumladan, petitsiya asosidagi ishchi vizalar, talaba vizalari, almashinuv bo‘yicha mehmon vizalar hamda biznes va turistik vizalar uchun ham odatiy suhbatlar taklif qila olmaymiz”, deyiladi elchixona xabarida.

Joriy yilning 12 aprel holatiga elchixona faqatgina shoshilinch va favqulodda muhim vaziyatlarda immigratsion bo‘lmagan vizalar uchun suhbatlar tashkil qilishni rejalashtiryapti.

“Biz ham xodimlarimiz, ham arizachilar uchun imkon qadar tez orada odatiy viza xizmatlarini yo‘lga qo‘yamiz, ammo hozir aniq sana aytish mushkul. Konsullik yig‘imidan viza olingan davlatda bir yil davomida vizaga ariza topshirish uchun foydalanilishi mumkin”, deya aniqlik kiritgan diplomatik vakolatxona.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-AQSh viza

Baholaganlar

294

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing