Amerika orzusi: ikki fuqaro “GreenCard” ortidan chuv tushdi

Jamiyat

image

Samarqandlik 30 yashar X.X. fuqaro ikki fuqaroni Amerikaga jo‘natishga va’da berib, ulardan 8300 AQSH dollariga chuv tushirdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Gap shundaki, 2019 yilning 2 iyun kuni 30 yoshli X.X. fuqaro 48 yoshli B.X.ni AQSH davlatiga ishga yuborish uchun “GreenCard” lotareya o‘yinida yutib, 6 oy ichida VISA olishga va’da berib, aldab B.X.dan 5800 AQSH dollari miqdorida pullarni oladi va bugungi kunga qadar bergan va’dasini bajarmay pullarni ehtiyojiga sarflab yuboradi. 

Bundan tashqari, X.X. Samarqand tumanida yashovchi fuqaro 24 yoshli M.O.ni ham shu usul bilan aldab ishonchiga kirib, 2019 yil 29 iyul kuni 2500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritib, bergan va’dasini bajarmaydi.

Shu tariqa X.X. jabrlanuvchilarga jami bo‘lib 8300 AQSH dollari miqdorida moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat GreenCard”

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing