Amerika “orzu”sini ro‘yobga chiqarmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

3-sahifa

image

Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, mas’ul organlar tomonidan poytaxtning Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar B.Ya. va Sh.Ya. fuqaro O.O.ga tanishlari yordamida xorijga chiqish uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishi hamda uni Turkiya davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da bergan. Fuqarolar buning evaziga 51 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing