Amerika kubogining eng yaxshilari aniqlandi
Sport
−
15 iyul 2024 7883 1 daqiqa
Amerika Qo‘shma Shtatlari mezbonlik qilgan futbol bo‘yicha Amerika kubogining individual sovrinlari o‘z egalarini topdi.
Turnir davomida 1 ta gol va 6 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan Kolumbiya terma jamoasi yetakchisi Xames Rodriges turnirning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
Finalda jamoasiga g‘alaba keltirgan va musobaqada 5 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines turnir to‘purari sifatida “Oltin butsa” sovrinini qabul qildi.

Amerika kubogidagi 6 ta o‘yinda darvozasidan atigi 1 ta gol o‘tkazib yuborgan 31 yoshli darvozabon Emiliano Martines musobaqaning eng yaxshi darvozaboni sifatida “Oltin qo‘lqop” sovriniga ega chiqdi.

Qayd etish joiz, Argentina terma jamoasi o‘z tarixida 16 marta Amerika kubogiga ega chiqib, bu borada Urugvayni ortda qoldirdi va turnirda eng ko‘p g‘olib bo‘lgan termaga aylandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025