Amerika kubogida ishtirok etayotgan osiyoliklar ilk durrangga erishdi

Sport

image

Xabaringiz bor ayni kunlarda Braziliya davlatida Amerika kubogi musobaqasi o‘tkazilmoqda. 

S guruhi doirasida o‘tkazilgan 2-tur uchrashuvida Urugvay terma jamoasi va Yaponiya terma jamoalari o‘zaro hisob-kitob qilishdi. 1-turda yirik 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgan Osiyo qit’asi vakillari bu gal Janubiy Amerikaning boshqa vakiliga munosib qarshilik ko‘rsatdi.

E’tiborlisi yaponlar o‘yin davomida ikki marta hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsalarda yakunda ochkolarni raqib bilan teng bo‘lishishga majbur bo‘lishdi.

Urugvay – Yaponiya 2:2 (1:1, 1:1).

Gollar: 0:1 – 25 Miyoshi, 1:1 – 32, penalti Suares, 1:2 – 59 Miyoshi, 2:2 – 66 Ximenes.

Urugvay: Muslera, Ximenes, Godin, Kaseres, Bentankur, Laksalt (Gonsales, 28), Torreyra, Nandes (de Arraskaeta, 60), Lodeyro (Valverde, 73), Kavani, Suares.

Yaponiya: Kavashima, Tomiyasu, Ueda, Itakura, Ivata (Tatsuta, 87), Miyoshi (Kubo, 83), Nakadzima, Abe (Ueda, 67), Sibasaki, Sugioka, Okazaki.

Ogohlantirishlar: Ueda (31), Nakadzima (78).


Maqola muallifi

Teglar

futbol Amerika kubogi Urugvay MTJ Yaponiya MTJ

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing