Amerika kubogida chorak final juftliklari shakllandi
Sport
−
03 iyul
4770Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha Amerika kubogining guruh bosqichi o‘yinlari yakunlandi va chorak finalning barcha juftliklari aniq bo‘ldi.
D guruhida Braziliya va Kolumbiya 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkan bo‘lsa, Kosta-Rika Paragvaydan 2:1 hisobida ustun keldi.
Shunday qilib, Argentina, Kanada, Venesuela, Ekvador, Urugvay, Panama, Braziliya va Kolumbiya terma jamoalari turnirning chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Chorak finalda Argentina-Ekvador, Venesuela-Kanada, Kolumbiya-Panama va Urugvay-Braziliya qarama-qarshiliklari bo‘lib o‘tadi. Mazkur bosqich o‘yinlarini Argentina-Ekvador o‘rtasidagi bahs boshlab beradi. O‘yin 5 iyul kuni Toshkent vaqti bilan tonggi soat 6:00 da start oladi. Chorak final 7 iyul kuni yakunlanadi.
LiveBarchasi