Amerika kompaniyasi Ukrainaga 100 ta dron bermoqchi
Olam
−
20 aprel 2022
5136Amerikaning dron ishlab chiqaruvchi AeroVironment kompaniyasi Ukraina Mudofaa vazirligiga 100 dan ortiq Quantix Recon razvedkachi dronlarini topshirishga qaror qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Bu dinamik o‘zgaruvchan jang maydonining uzoq, borish qiyin bo‘lgan hududlarini aniq va tezkor razvedka qilish imkonini beradi”, degan AeroVironment ijrochi direktori Vahid Navabi.
Ta’kidlanishicha, kompaniya ukrainalik harbiylarga dronlarni beribgina qolmay ushbu tizimlar bilan ishlash bo‘yicha operativ ta’lim ham beradi.
“Quantix Recon dronlarining o‘zi shu haftada jo‘natilishi kerak”, deyilgan kompaniya matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, ular ushbu dronlarni yetkazib berish AQSH hukumatining boshqa yetkazib berishlaridan mustaqil ekanini qo‘shimcha qilgan.
Kompaniya veb-saytiga ko‘ra, Quantix Recon dronlari tezkor avtomatlashtirilgan razvedka va ma’lumotlarni yig‘ishni ta’minlaydi. Ma’lumotlar xaritalar ko‘rinishida bir necha daqiqa ichida internet va dasturiy ta’minotdan foydalanmasdan taqdim etiladi.
Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati shu hafta Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qilishga tayyorlanayotgani aytilgandi.
LiveBarchasi