Amerika chempionatida futbolkasi eng ko‘p sotilgan futbolchilar reytingi e’lon qilindi

Sport

image

Argentinalik hujumchi Lionel Messi 2024 yil Amerika chempionatida libosi eng ko‘p sotilgan futbolchi bo‘ldi. Bu haqda MLS matbuot xizmati xabar berdi.

Ro‘yxatda argentinalik “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, uning jamoadoshi Luis Suares ikkinchi, sinsinnatilik Lusiano Akosta esa 3-o‘rinda qayd etildi.

Futbolkasi eng ko‘p sotilgan 10 nafar futbolchi qatoriga Kucho Ernandes (“Kolumbus”), Riki Puch (“Los-Anjeles Gelaksi”), Pedro de la Vega va Jordan Morris (ikkalasi ham “Sietl Saunders”), Xani Muxtar (“Nashvill”), Jorjios Yakumakis (“Atlanta Yunayted”) va Emil Forsberg (“Nyu-York Red Bullz”) kirdi.

Ma’lumot uchun, Messi o‘tgan yozda “Inter Mayami”ga o‘tgan edi. Bu davrda u barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda qatnashib, 25 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Amerika Inter Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made