Amerika askarlarini Ukrainaga yubormaydi – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiylar Ukrainaga yuborilmasligini aytdi. Bu haqda u kecha, 15 iyul kuni Vashingtondan Pensilvaniyaga uchish oldidan Endryus harbiy aviabazasida jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda so‘z ochdi.

“Bizning askarlarimiz Ukraina hududidagi jangovar harakatlarda qatnashmaydi”, degan Oq uy rahbari. 

Tramp, shuningdek, Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish davom etishini, ammo bu xarajatlar Yevropa mamlakatlari tomonidan qoplanishini bildirgan. Avvalroq NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bu borada izoh berar ekan, Amerika qurollari avvalo Yevropaga yetkazilishini, undan keyin esa Ukrainaga o‘tishini ma’lum qilgandi – aynan yevropaliklar bu qurollar uchun to‘lov qilgani bois bunday tartib joriy etilgan.

Shu bilan birga, Tramp 14 iyul kuni NATO Bosh kotibi Ryutte bilan uchrashuvda Rossiyadan juda noroziligini bildirgan va agar 50 kun ichida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bitimga erishilmasa, Rossiya va uning savdo hamkorlariga nisbatan 100 foiz miqdorida boj to‘lovlari joriy etilishini aytgan.

Kreml esa bu bayonotga ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirgan. Moskva Trampning so‘zlarini “jiddiy” deb baholagan. 

“Kiyev Vashingtonda qabul qilinayotgan qarorlarni tinchlikka da’vat emas, balki urushni davom ettirish uchun ishora sifatida qabul qilmoqda”, degan Kreml voizi Dmitriy Peskov.

Tramp bir tomondan AQSH harbiylarini urushga aralashtirmaslikka va’da bermoqda, ikkinchi tomondan esa bosim siyosatini davom ettirib, Rossiyaga iqtisodiy choralar bilan tahdid qilmoqda. Bu esa uning pozitsiyasi asosan harbiy aralashuv emas, balki siyosiy va iqtisodiy bosim vositalari orqali nizoni to‘xtatishga qaratilganini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Rossiya poytaxtiga zarba berishga buyruq bermasligi kerakligini aytgandi. Ba’zi amerikalik manbaalar esa Tramp va Zelenskiy Moskvaga zarba berishga kelishgani hamda bu uchun kerakli kuchni AQSH yetkazib berishga va’da bergani haqida yozgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Donal'd Tramp Ukraina Mark Ryutte Pensil'vaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing