Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli asosda beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi
Jamiyat
−
12 iyun 2019
3325Joriy yilning 11 iyun kuni Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli ta’minlash uchun mo‘ljallangan dori vositalarining ro‘yxatiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endilikda omnopon in’eksiyasi uchun 2 % 1 ml eritma ham imtiyozli asosda beriladi.
Ilgari faqat omnopon in’eksiyasi uchun 1 % 1 ml eritma berilgan.
Bundan tashqari, quyidagilar ham imtiyozli asosda beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritildi:
• trifluoperazin (tabletka 5 mg);
• fluferazin (in’eksiya uchun eritma 25mg/1 ml);
• olanzapin (tabletka 5 mg).
LiveBarchasi