Olimpiya chempioni Shahobiddin Zoirov ilk jangini o‘tkazdi
Sport
−
26 iyul 2021 5996 1 daqiqa
Rio-2016 Olimpiadasi g‘olibi Shahobiddin Zoirov (-52 kg) o‘z chempionligini himoya qilishni boshladi. Buxorolik bokschi turkiyalik Batuxan Chiftchini 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Amaldagi Olimpiya va Jahon chempioni Zoirov raqibiga deyarli imkoniyat qoldirmadi. Hatto, ikkinchi raundda Chiftini nokdaun holatiga tushurishga ham ulgurdi. Bahsni boshqarib borgan hakamlarning barchasi uning g‘alabasini e’tirof etishdi.
Shahobiddin Zoirov keyingi davrada Kabo-Verde vakili David De Pinaga qarshi ringga ko‘tariladi.
Avvalroq, qilichboz Zaynab Dayibekova dastlabki ikkita bahsda g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025