Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Alyaskada bortida 10 kishi bo‘lgan samolyot radarlardan yo‘qolib qoldi

Olam

image

AQSHning Alyaska shtatidagi Unalaklit shahridan Nom shahriga yo‘l olgan Bering Air yo‘lovchi samolyoti bortida 10 kishi bilan radarlardan yo‘qolib qoldi. Bu haqda Alyaska Jamoat xavfsizligi departamentiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kichik turbovintli Cessna Caravan samolyotida to‘qqiz nafar yo‘lovchi va bir uchuvchi bo‘lgan. Hozirda qidiruv ekipajlari samolyotning so‘nggi ma’lum koordinatalarini aniqlash ustida ish olib bormoqda.

AQSH Kasbiy xavfsizlik va sog‘liqni saqlash milliy instituti (NIOSH) ma’lumotlariga ko‘ra, Alyaskada boshqa AQSH shtatlariga qaraganda aviatsiya taksi va yo‘lovchi samolyotlari bilan bog‘liq halokatlar soni sezilarli darajada yuqori. Bunga asosiy sabab Alyaskada tog‘li hududlar va murakkab ob-havo sharoiti mavjud. Hududdagi ko‘plab qishloqlar yo‘llar orqali bog‘lanmagan, shuning uchun kichik samolyotlar asosiy transport vositasi hisoblanadi.

“FlightRadar24” portali ma’lumotlariga ko‘ra, Bering Air – Alyaskada joylashgan mintaqaviy aviakompaniya bo‘lib, taxminan 39 ta samolyot va vertolyotga ega.

Samolyotning so‘nggi joylashuvi dengiz ustida qayd etilgan bo‘lib, mahalliy vaqt bilan 14:38 da, Unalaklitdan havoga ko‘tarilganidan 38 daqiqa o‘tib kuzatilgan. Ushbu yo‘nalishda parvoz odatda bir soatdan kam vaqt davom etadi. Bering Air kompaniyasi esa hozircha vaziyatga izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikaning Sietl-Takoma aeroportida Yaponiyaning Japan Airlines kompaniyasiga tegishli bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti AQSHning Delta Air Lines aviakompaniyasiga qarashli samolyot bilan to‘qnashgan edi. To‘qqiz soat davom etgan parvozdan so‘ng Tokiodan uchgan samolyot bortida 172 yo‘lovchi va 13 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Delta Air Lines samolyotida esa 142 yo‘lovchi bo‘lib, u Meksikaning Puerto-Valyarta shahriga uchishi kerak bo‘lgan. Yo‘lovchilar esa boshqa samolyotga ko‘chirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot aviahalokat Alyaska Cessna Caravan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing