XTV faqat Toshkentdagi o‘qituvchilar oyligi oshishi masalasiga qo‘shimcha izoh berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi muassasalarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha “Toshkent tajribasi”ni joriy etish to‘g‘risida”gi qarori ishlab chiqilgani va unda Toshkentdagi maktablarning o‘qituvchilari maoshi oshirilishi ko‘zda tutilgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu qaror loyihasida faqat Toshkentdagi o‘qituvchilarning maoshi oshirilishi ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Shu sababdan Xalq ta’limi vazirligi mazkur qaror yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berib, ayrim holatlarga aniqlik kiritdi.

Ung ko‘ra, qaror loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida joriy yilning 23 avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’lim sifatini oshirish, xususan, poytaxt - Toshkent tajribasini respublikamizning boshqa hududlarida ommalashtirish yuzasidan berilgan vazifalarni amalga oshirish uchun ishlab chiqildi.

Qaror loyihasining 15-bandida shunday deyilgan:

Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan Toshkent shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlari bazaviy tarif stavkalarini

•    ikkinchi toifali o‘qituvchi uchun 1,1 baravar;

•    birinchi toifali o‘qituvchi uchun 1,25 baravar;

•    oliy toifali o‘qituvchi uchun 1,5 baravar miqdorlarida qo‘shimcha rag‘batlantirish oylik ustamalarini to‘lash tartibi joriy etilsin.

Birinchidan, “O‘qituvchilarning oylik maoshi faqat Toshkentda ko‘tariladi” deb ta’kidlash noto‘g‘ri. Ayni paytda bu taklif bo‘lib, muhokama davomida modda o‘zgarishi mumkin.

Ikkinchidan, taklifda Toshkent shahridagi o‘qituvchilarning bazaviy stavkasi yangi miqdorlarini moliyalash mahalliy byudjet hisobidan amalga oshirishni taklif etilmoqda. Ya’ni, moliyalash davlat byudjeti hisobidan emas.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida joriy yilning 23 avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi, Moliya va Xalq ta’limi vazirliklariga 2020 yilda xalq ta’limi xodimlari oylik ish haqini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent maosh Xalq ta'limi vazirligi

Baholaganlar

130

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing