Alp tog‘larida dunyodagi eng uzun temir yo‘l tunneli qurilmoqda (video)

Olam

image

Alp tog‘larida dunyodagi eng uzun – 64 kilometrni tashkil etuvchi temir yo‘l tunneli qurilmoqda. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Ushbu tunnel Avstriya bilan Italiyani bog‘laydi va Yevropaning janubi bilan shimolini tutashtiruvchi trans’evropa temir yo‘l yo‘lagining asosiy bo‘g‘iniga aylanadi. Yerosti inshootining uzunligi 64 kilometrni tashkil etadi.

“Yevropa bu yerda qilinayotgan ish bilan faxrlanishi mumkin. Bu barcha yevropaliklarning umumiy mehnatidir”, deydi loyiha rahbari Sebastyan Reymann.

Qurilish jarayonida Yevropaning 11 ta davlatidan mutaxassislar ishtirok etmoqda. Shuningdek, loyihaga mintaqaning yetakchi kompaniyalari jalb qilingan.

Tunnel qazish ishlari 6000 ot kuchiga ega bo‘lgan ulkan burg‘ilash mashinalari yordamida olib borilmoqda. Bu mashinalarning ba’zilari deyarli 20 metr balandlikka ega bo‘lib, uzunligi yuzlab metrga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Finlyandiya poytaxti Helsinki shahrida yangi Kruunuvuorensilta ko‘prigi foydalanishga topshirilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

temir yo'l tunnel Alp eng uzun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing