Finlyandiyada dunyodagi eng uzun ko‘priklardan biri qurildi

Olam

image

Finlyandiya poytaxti Helsinki shahrida yangi Kruunuvuorensilta ko‘prigi foydalanishga topshirildi. U Korkeasaari va Kruunuvuorenranta hududlarini bog‘laydi. Bu haqda “Euro news” xabar berdi.

Uzunligi 1191 metr bo‘lgan ushbu inshoot Finlyandiyadagi eng uzun va eng baland ko‘prik hisoblanadi. Biroq u avtomobillar uchun mo‘ljallanmagan – undan faqat piyodalar, velosipedchilar va jamoat transporti foydalanishi mumkin.

Yangi ko‘prik tufayli Kruunuvuorenranta hududidan shahar markazigacha bo‘lgan masofa 11 kilometrdan 5,5 kilometrgacha qisqardi.

Shahar meri Daniyel Sazonov ko‘prikni Helsinkining yangi ramziy maskanlaridan biri deb atadi. Uning aytishicha, bu joy yaqin va uzoq hududlardan tashrif buyuruvchilarni jalb qiladi hamda shaharning umumiy tuzilishi haqidagi tasavvurni o‘zgartiradi.

Ko‘prik ish boshlagan ilk dam olish kunlaridayoq unga 50 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda eng uzun ko‘prik hisoblangan Danyang–Kunshan Grand Bridge Xitoyda joylashgan bo‘lib, uning uzunligi taxminan 164 kilometrni tashkil etadi. Bu ko‘prik Pekin–Shanxay tezyurar temiryo‘l liniyasining bir qismi bo‘lib, asosan suvli va pasttekis hududlardan o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp AQSH va Isroil kuchlari Erondagi strategik muhim ko‘prik – Tehron bilan Karaj shaharlarini bog‘lovchi B1 avtomagistralidagi ko‘prikni yo‘q qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Finlyandiya Kruunuvuorensilta ko'prigi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing