Alonsoning “Real”dan ketish sabablari ma’lum bo‘ldi
Sport
−
13 yanvar 1669 1 daqiqa
Ispaniyalik murabbiy Xabi Alonso bir nechta sabalarga ko‘ra o‘z ixtiyori bilan “Real Madrid” bosh murabbiyi lavozimidan ketishga qaror qilgan. Bu haqda jurnalist Pepe Alvares ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Alonso kiyinish xonalaridagi xudbinlik va doimiy hurmatsizlikdan charchagani uchun ketishga qaror qilgan va bu haftada ushbu holat yanada kuchaygan. Ikkinchi sabab sifatida klub tomonidan so‘nggi oylarda mutaxassis yetarli darajada qo‘llab-quvvatlanmagani ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, jamoa joriy yilning 11 yanvar kuni Ispaniya Superkubogining final uchrashuvida azaliy raqibi “Barselona”ga 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, Xabi Alonso 2025 yil yozidan buyon “Real Madrid” jamoasini boshqarib kelgan. Klubning rasmiy bayonotida Alonsoning ketishi o‘zaro kelishuv asosida amalga oshirilgani qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 yanvar kuni “Real Madrid” Xabi Alonso iste’foga chiqqanini hamda uning o‘rniga Alvaro Arbeloa bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e’lon qilgan edi.