Alonso keyingi yil “Real” ustoziga aylanishi mumkin

Sport

image

Germaniyaning “Bayer” klubi bosh murabbiy Xabi Alonso bir yildan keyin “Real”ga ketishiga ishonmoqda. Bu haqda “Relevo” xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Alonso 2025 yildan Madrid klubi ustoziga aylanishi mumkin.  “Qaymoqranglilar” ispaniyalik mutaxassisni kelgusida o‘z safiga taklif qilishi kutilmoqda. Mutaxassislar Alonsoni yoshorayotgan “Real”ni rivojlantirish uchun yaxshi nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Qayd etilishicha, agar Madridning “Real” klubi Karlo Anchelotti boshchiligidagi keyingi mavsumda ham yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishda davom etsa, Alonsoning murabbiylikka tayinlanishi masalasi italiyalikning shartnomasi tugaguniga qadar – 2026 yilgacha qoldiriladi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Alonso boshchilgidagi “Bayer” Germaniya chempionatida mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Leverkuzenliklar klublar miqiyosida Yevropada nufuzi jihatidan 2-o‘rinda turuvchi Yevropa ligasining finaliga qadar yetib borishni uddaladi. Shuningdek, “farmatsevtlar” 25 may kuni Germaniya kubogi finalida “Kayzerslautern” klubi bilan bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Bayer Xabi Alonso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made