Allegri “Yuventus”da “favqulodda holat” e’lon qildi

Sport

image

Avvalroq Turinning “Yuventus” klubi o‘tkazib yuborilgan gollar bo‘yicha 60 yillik antirekord qayd etgani haqida xabar bergan edik.

“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o‘z jamoasi futbolchilarini klub mashg‘ulot bazasida olib qolishga qaror qildi. Bu haqda “Sky Italia” nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, “Keksa Sinora” joriy yilning 1-6 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarga bor e’tiborini qaratadi. Bu vaqt mobaynida hech qaysi futbolchi klub bazasini tark eta olmaydi. Allegri so‘nggi o‘yinlardagi qoniqarsiz natijalardan so‘ng, futbolchilarni matbuot ta’siridan himoya qilish uchun shunday yo‘l tutgan.

Eslatib o‘tamiz, 30 oktyabr kuni Italiya A seriyada “Verona”ga (1:2) mag‘lub bo‘lgandi. Ayni damda Turin klubi 15 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining sakkizinchi pog‘onasida bormoqda.

Joriy yilning, 2 noyabr kuni “Yuventus” UEFA Chempionlar ligasi doirasida “Zenit”ga qarshi bahs olib boradi. Shundan Italiya chempionati doirasida “Fiorentina” bilan kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Futbol A Seriya Allegri

Baholaganlar

144

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing